18:43 / 29.02.2016
4705

Leonardo Di Kaprioning "Oskar" olgani hajviy videolarga sabab bo‘ldi

Bugun (28-29 fevral) AQShda “Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda aktyor Leonardo DiKaprio uzoq kutilgan mukofotga – “Eng yaxshi erkak aktyor” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Aktyor ushbu mukofotni Alexandro Gonsalesning “Omon qolgan” filmidagi roli uchun oldi.

Bu voqea internetda aktyor ishtirokidagi hajviy videolarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Ularda aktyorning avvalgi rollaridan kesilgan kichik videolarni “Oskar” mukofotini olish bilan bog‘liq hajviy videoroliklarga aylantirishgan.

Quyida ulardan bir nechtasini ko‘rishingiz mumkin. 

Top