10:27 / 02.03.2016
1918

Xitoyda Zika virusiga chalingan 10 ta holat tasdiqlandi

Guandong provinsiyasi (Janubiy Xitoy) sog‘liqni saqlash organlari 10 ta odam Zika lixoradkasi bilan og‘riganini tasdiqladi.

Xitoy Markaziy televideniyesi ma'lum qilishicha, ushbu xavfli virus viloyatning 40 yoshli fuqarosida qayd etilgan, deb xabar beradi TASS.

Aniqlanishicha, avvalroq erkakning ikki bolasi shu balo-virusga yo‘liqqan. Ayni paytda bemor kasalxonaga joylashtirilgan, uning holati barqaror deb baholanmoqda.

Zika virusi yuqori darajali isitma, kon'yunktivit, bosh va bo‘g‘im og‘riqlari, yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi, alohida holatlarda – ko‘ngil aynishi va qayt qilish, oshqozon buzilishi va og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Virus tarqatuvchi - Aedes aegypti pashshasi.

Kasallikning avj olgan holatlari Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Afrikada kuzatilgan. Janubiy yarimsharda bu balo shiddat bilan tarqalmoqda: yaqin may oyida xastalik faqatgina Braziliyada qayd etilgan bo‘lishiga qaramasdan, hozir virus allaqochon 55 mamlakatdan 20 tasiga kirib ulgurgan.

Top