11:04 / 05.03.2016
11251

23 yillik qamoqda o‘tirgan ota begunoh deb topildi

9 yoshli qiziga zo‘ravonlik qilganlikda ayblanib, umrining 23 yilini qamoqda o‘tkazgan odamning qizi endi aks da'vo bilan sudga murojaat qildi.

Qizning aytishicha, otasi unga zo‘ravonlik qilmagan.

1992 yili Govard Dadli ismli shaxsni 9 yoshli farzandiga tegajog‘lik qilganlikda ayblab hukm chiqargan Oliy Sud Sudyasi o‘sha paytda o‘z qaroridan shubhalanganini ma'lum qildi. Chunki taxmin qilingan zo‘ravonlik haqidagi savollarga qizcha bir-biriga zid javoblar bergan.
2016 yil 1 mart kuni qiz o‘z ko‘rsatmalarini qaytib oldi.

Dadlining so‘zlariga ko‘ra, 1992 yili unga aybini bo‘yniga olsa, jazoni yengillashtirish taklifini berishgan, lekin u bunday jirkanch ayb bilan nomini bulg‘ashni xohlamagani uchun bu kelishuvni rad etgan.

Top