17:41 / 11.03.2016
2095

OAV: Irlandiya yevrohududga kiruvchi mamlakatlar orasida YaIM o‘sishi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Irlandiya iqtisodi 2015 yilda so‘nggi 15 yil ichida rekord darajada o‘sish qayd etdi, deb yozmoqda Financial Times.

Mamlakat markaziy statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilda Irlandiya YaIM 2014 yilga qaraganda 7,8 foizga oshgan. Bu esa 2000 yilga qaraganda ancha yuqoridir.

Nashrning xabar berishicha, Irlandiya ushbu ko‘rsatkich bilan yevrohududda qatorasiga ikkinchi yil eng yaxshi natija ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, hudud bo‘yicha natija 4 barobarga oshgan.

Top