10:31 / 14.03.2016
1387

Jon Terri Daniyaning «Brondbyu» jamoasiga murabbiy bo‘lishi mumkin

«Chelsi» jamoasi sardori Jon Terri mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlab, Daniyaning «Brondbyu» jamoasida murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.

18 yilni londonliklar safida o‘tkazgan ushbu futbolchining shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi, u bilan shartnoma uzaytirilmagan. Mirror nashrida ma'lum qilinishicha, daniyaliklar jamoasi xo‘jayini Yan Bex Andersen Terrining do‘sti hisoblanadi. Ayni vaqtda bu jamoada «Liverpul»ning sobiq futbolchisi Daniel Agger harakat qilmoqda.

Terri murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan jamoalardan yana biri Qatarning «Al-Arabi» jamoasi hisoblanadi. Ayni vaqtda bu jamoada Terrining sobiq jamoadoshi Janfranko Zola ishlamoqda.

Bundan oldinroq, «Chelsi» jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Guus Hiddink Terridan a'lo darajadagi murabbiy yetishib chiqishi mumkinligi haqida fikr bildirgandi.

Top