13:42 / 14.03.2016
4301

O‘zbekistonda musiqiy yangi telekanal ochilishi haqida ma'lum qilindi

Yaqin kunlarda yoshlarbop va musiqiy yangi telekanal ochiladi. Uning nomi “Zo‘r” bo‘lishi hamda u “Vodiy sadosi” radiosi rahbariyati tomonidan ishga tushirilishi mumkin, deb xabar bermoqda Sayyod.com sayti.

Tv kanal sobiq (TVM) "Markaz tv" kabi yoshlarbop va faqat musiqiy bo‘lishi kutilmoqda ekan. Ayni damda mazkur faoliyat uchun kerakli barcha texnika keltirilgani va ish boshlanishiga barcha harakatlar jo‘shqin tarzda ketayotgani malum bo‘lmoqda.Tez kunda test rejimida efir yo‘lga qo‘yilib, kliplar namoyish qilinishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Telekanalning ishga tushadigan aniq sanasi haqida hech qanday ma'lumot keltirilmagan.

Top