17:17 / 15.03.2016
1510

AQShda 200 nafar o‘smir begona uyda bazm uyushtirdi

AQShning Kaliforniya shtati, Eldorado Xills shahrida 200 nafar o‘smir ulkan bazm uyushtirdi. Bazmu jamshid yaqinda sotilgan va hamon bo‘sh turgan kottejlardan birida sodir bo‘ldi. chaqiruvga yetib kelgan politsiya 14 nafar o‘smirni hibsga olgan. Qolganlar esa yashirinishga ulgurgan. Bu haqda KCRA-TV xabar bermoqda.

Qo‘shnilardan birining ma'lum qilishicha, ularnikiga ikki qiz kelib, yaqinda katta bazm boshlanishini, ammo ular jimlikni saqlashga harakat qilishga va'da berib ketishgan. “Ammo ularning begona uyda tantana qilishlari juda shubhali tuyuldi”, — deb guvohning so‘zlaridan iqtibos keltiradi KCRA-TV.

Manbaning ma'lum qilishicha, kottejda olib borilgan tekshiruv ishlaridan so‘ng shu narsa ayon bo‘lganki, uyga jiddiy tarzda moddiy zarar yetkazilgan. Politsiya uy devorlarining bir necha qismida bir necha teshiklarni aniqlagan. Bulardan tashqari, uyning boshqa yerlariga ham ziyon yetkazilgan.

Top