11:27 / 15.03.2016
1389

Moskva janubida o‘rta osiyolik ishchilar ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi

Moskva janubida O‘rta Osiyo respublikalaridan borgan 50 nafar atrofidagi mehnat muhojirlari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya IIVga asoslangan holda Interfaks xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, shaharning Kavkaz xiyobonidagi 58 uy oldida 14 mart kuni ikki guruh o‘rtasida tushunmovchilik natijasida janjal chiqqan.

"Aniqlanishicha, bu odamlar maishiy masala tufayli janjallashishgan", deydi huquq-tartibot organlari xodimlaridan biri. Uning aytishicha, janjal ishtirokchilaridan 2 nafariga miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan.

Politsiya voqea joyida 28 kishini qo‘lga olgan. Ular politsiya mahkamasiga olib ketilgan.

15 fevral kuni ham Moskva yaqinida Rossiyaning turli hududlaridan kelgan ishchilar va O‘zbekiston hamda Tojikiston fuqarolari bo‘lgan boshqa ishchilar guruhi o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgan, bir-biriga pichoqlar va bolg‘alar bilan hujum qilgan bu kishilardan 28 nafari hibsga olingandi.

Top