21:13 / 16.03.2016
1545

Besh farzandning onasi qiyofasi Barbi qo‘g‘irchog‘inikiga o‘xshash uchun katta mablag‘ sarfladi

Besh farzandning onasi, amerikalik Nannett Xammond o‘z qiyofasi Barbi qo‘g‘irchog‘inikiga o‘xshash bo‘lishi uchun 500 ming dollar sarfladi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Hozirda ayolning yoshi 42 da. U o‘zining Barbi ko‘rinishidagi fotosuratlarini instagramda chop etib boradi, bu suratlarni uning turmush o‘rtog‘i va farzandlari suratga olishadi.

“Men boshqa onalar men haqimda gapirishlarini va g‘iybat qilishlarini bilaman, biroq menga baribir. Ota-onalar mening ko‘rinishim haqida nima istashsa shuni gapirishlari mumkin, biroq bu meni tashvishlantirmaydi. Men o‘z farzandlarimni ham bunday gap-so‘zlardan ustunroq bo‘lishga o‘rgatganman”, deb aytmoqda ayol.

Ayolning aytishicha, uning turmush o‘rtog‘i va farzandlari u bilan faxrlanadilar. Uning ta'kidlashicha, uning hozirda hayoti Barbinikidan yaxshiroq.

Ayol o‘z ko‘rinishi ustida “ishlash”ni 21 yoshligidayoq boshlagan. Ayol Barbiga 70 yoshigacha yoki balki undan ham kattaroq yoshigacha o‘xshashni istaydi.

Avvalroq Barbiga o‘xshash braziliyalik ayol o‘z qiyofasi bilan odamlarni qo‘rqitayotgani ma'lum qilingandi.

Top