18:16 / 18.03.2016
1444

Pekinda Abdulaziz Komilov raisligida ShHT Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

15-18 mart kunlari Pekin shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Qirg‘izston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari shu yilning iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining majlisi hamda O‘zbekiston raisligi doirasida bo‘lib o‘tadigan boshqa tadbirlarni batafsil muhokama qilishdi.

Majlisda ShHT Kotibiyatining Hindiston va Pokistonga a'zo davlat maqomini berish hamda ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari – Ozarbayjon, Armaniston, va Nepal bilan Memarandumlarni imzolashga oid muzokoralar jarayonining borishi to‘g‘risidagi ma'lumoti tinglandi.

Milliy koordinatorlar MKKning Pekin shahrida navbatdagi majlisi o‘tkazilish sanasini begilab olishgan.

Top