Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:16 / 22.03.2016
1887
1 daqiqa o‘qiladi
“Barselona” yarimhimoyachisi Buskets qo‘lini sindirib oldi
“Barselona” yarimhimoyachisi Serxio Buskets Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lganda qo‘lini sindirib oldi. 27 yoshli futbolchi yaqin orada klubiga qaytadi. Yarimhimoyachining jarohati og‘irlik darajasi va uning tiklanish muddatlari hozircha noma'lum.
Yarimhimoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 5 ta golli uzatma yozib qo‘ygan.