13:50 / 23.03.2016
19256

O‘zbekiston uchun viza tartibi bo‘lmagan davlatlar ro‘yxati

Jahon davlatlari orasida fuqarolari qo‘shimcha hujjatlarni rasmiylashtirmasdan eng ko‘p mamlakatga bemalol borishi mumkin bo‘lgan mamlakat Germaniyadir. Uning fuqarolari 177 ta davlatga vizasiz borishi mumkin.

2-o‘rinda Shvetsiya (179) ta bo‘lsa, 3-o‘rinni Finlyandiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya va Buyuk Britaniya bir xil natija (175) bilan bo‘lishib olishdi. Reytingda O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi: uning fuqarolari 52 ta davlatga vizasiz borish huquqiga ega.

Biz uchun viza tartibi bo‘lmagan davlatlar qaysi?

Shimoliy va Lotin Amerikasi: Dominika — 21 kun; Barbados — 28 kun; Antigua va Barbuda — 1 oy; Sent-Vinsent va Grenadina — 1 oy; Ekvador — 3 oy; Gaiti — 3 oy.

Afrika: Seyshel orollari — 1 oy; Namibiya — 2oy;

Yevropa: Rossiya; Belarus; Armaniston; Gruziya; Kosova — 90 kun; Moldova — 90 kun; Ukraina — 90 kun.

Okeaniya: Kuk orollari — 1 oy; Mikroneziya Federativ Shtatlari — 1 oy; Niue — 1 oy; Tuvalu — 1 oy; Samoa — 60 kun.

Osiyo: Qozog‘iston; Malayziya — 30 kun; Turkiya — 30 kun; Qirg‘iziston — 60 kun; Ozarboyjon — 90 kun.

Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:

Boliviya, Yamayka; Nikaragua.

Mali; Gambiya; Burundi; Kabo-Verde; Komor orollari; Jibuti; Gvineya-Bisau; Keniya; Madagaskar; Mavrikiy; Mozambik; Togo; Uganda; Zambiya.
Palau.

Iordaniya, Kambodja, Laos, Livan, Makao, Maldiv, Nepal, Shri-Lanka, Suriya, Tailand, Timor-Leshte.

Top