16:08 / 23.03.2016
1336

«Yuventus» Isko uchun 30 mln yevro taklif qildi

Turinning «Yuventus» jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Madridning «Real» jamoasi futbolchisi Iskoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiyadagi Corriere dello Sport xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «qo‘hna sinora» bu ispaniyalik futbolchi uchun 30 mln yevro taklif qilmoqchi.

Italyan grandida Iskoni qishki transferlar vaqtida ham sotib olish rejasi bo‘lgan, lekin o‘shanda «qaymoqranglilar» jamoasi ustozi bo‘lgan Rafael Benites bu transferga rozi bo‘lmagan. Jamoaga Zinedin Zidan kelgach esa vaziyat o‘zgargani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Isko Ispaniya chempionatining 25 o‘yinida maydonga tushdi va 2ta gol urib, 7ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Top