22:30 / 25.03.2016
1748

Milliy kinematografiyaning istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Milliy matbuot markazida milliy kinematografiya san'atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Unda kinoshunos olimlar, rejissyorlar, aktyorlar, kino sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

«O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori O.Musayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida madaniyat va san'at ravnaqiga qaratilayotgan e'tibor samarasida kinematografiya sohasi ham izchil rivojlanayotgani, kino san'atining xalqimiz hayotida, ayniqsa, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ta'siri tobora ortib borayotganini ta'kidladi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan “Baron”, “Xazonrezgi” badiiy filmlari kinoixlosmandlarga manzur bo‘ldi. Joriy yilda yana o‘n beshta badiiy, o‘nta multiplikatsion, yigirma qismli hujjatli, ilmiy-ommabop kinofilmlar, ko‘plab o‘quv-uslubiy videofilmlar yaratish rejalashtirilgan.

Sog‘lom ona va bola yilida "RROLoguye" – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar II Respublika festivali o‘tkaziladi. Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan "Yoshlar haftaligi" doirasida tashkil etiladigan mazkur festivalda 35 yoshgacha bo‘lgan kinoijodkorlar so‘nggi ikki yil mobaynida suratga olgan qisqa metrajli badiiy filmlari bilan qatnashadi.

Milliy va jahon kino asarlari durdonalarini xalqimizga kengroq namoyish etish maqsadida mamlakatimizda va bir qator xorijiy davlatlarda kinofestivallar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Anjumanda kinematografiya sohasida olib borilayotgan ishlar, galdagi rejalar, rejissyor va kinodramaturglar tayyorlash, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama etildi.

Top