15:15 / 28.03.2016
2543

Norvegiyaning Lofoten shaharchasidagi go‘zal qish mavsumi

Polshalik mashhur fotosuratchi Mikolay Gospaderek manzaralarni suratga olishni o‘zining sevimli kasbi, deb biladi. Uning ko‘pgina ishlari mashhur bo‘lishga ulgurgan. Ammo Norvegiyaning Lofoten shaharchasida o‘tkazgan bir haftasi u tashrif buyurgan eng ajoyib manzarali joy bo‘lgan. Mikolay feysbukdagi o‘z sahifasida dedi:

“Salom. Men siz bilan Yevropaning eng chiroyli manzarasining tasviri tushirilgan suratlar bilan bo‘lishmoqchiman. Men Norvegiyaning Lofoten shaharchasida bir hafta bo‘ldim. Shimoliy nur tufayli uyqusiz tunlarni boshimdan kechirdim. Yomg‘irda, qorda va qattiq shamol bo‘lganda ham suratlarni olaverdim.

10 yildan beri suratkashlik qilaman, lekin Lofoten manzaralari barcha suratlarim ichida eng ajoyibi, desam xato bo‘lmaydi. Tog‘lar, suv bo‘ylari va dengiz — bularning bari juda ajoyib jamlanma bo‘ldi.

Siz ham Lofotenda bir hafta davomida olgan suratlarimdan bahramand bo‘lishingizni istardim. Bu sayyohat sovuqda yurish, namgarchiliklarga chidash va uxlay olmaslikka, albatta, arziydi”.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Top