10:22 / 29.03.2016
1299

Arsen Venger: «Menda «Arsenal»dagi kelajagim borasida shubhalar yo‘q»

Angliyaning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger o‘zining «kanonirlar»ga kelgusida ham ustozlik qilishiga shubhasi yo‘qligini ma'lum qilgan.

«Chempionlikka kurashayotgan kunimizdan boshlab bizga qaratilgan tanqidlar kamayayotgani yo‘q, deb hisoblayman. Ayniqsa «Tottenhem»ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yinimizdan keyin bu avj oldi.

Men hayotimning har bir kunida o‘zimning eng yaxshi ko‘rgan jamoam uchun borimni berishga harakat qilaman. Agar muxlislar «Arsenal»ga munosabatimni birdamlik bilan qo‘llab-quvvatlashsa, nur ustiga a'lo nur bo‘lardi, ammo o‘zimda ham qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshirish uchun ishonch bo‘lishi kerak.

Kelgusi mavsumda ham «Arsenal» bosh murabbiyi bo‘lib qolishimga hech qanday shubham yo‘q. Agar men qandaydir ishni bajarishga kirishsam, uni oxirigacha bajarishni istayman. Men har doim bu klub uchun borimni berganman. Hali beri jamoani tark etmas ekanman hammasi shunday bo‘lib qoladi», – deya ta'kidladi Venger.

Devid Simen: «Vengerni ketkazish kerak deysizmi? «MYu» Fergyuson ketgach, ne ahvolga tushgani saboq bo‘lmadimi?»

Top