17:06 / 30.03.2016
1495

14 yoshli avstraliyalik sayyora qutblarini zabt etmoqchi

Melburnda yashovchi 14 yoshli o‘smir birdaniga uchta qutb mintaqasiga amalga oshiriladigan ekspeditsiyaning eng yosh ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Mashable nashri xabar qilgan.

30 mart kuni boshlangan sayohat davomida Jyeyd Hemister Grenlandiya, shimoliy va janubiy qutblarga boradi.

2 ming kilometrlik sayohat uch bosqichda amalga oshadi. Shimoliy qutbni 21 kunda kesib o‘tish rejalashtirilgan bo‘lsa, kelgusi yil aprelida u Grenlandiya hududiga qadam qo‘yadi. O‘sha yilning yozida janubiy qutbni tomosha qilishga otlanadi.

Ekspeditsiya chog‘ida Jyeydga Everest cho‘qqisini zabt etgan otasi Pol va yo‘l ko‘rsatuvchi Erik Filips hamrohlik qiladi. Erik shimoliy va janubiy qutblarni kesib o‘tgan ilk avstraliyalik hisoblanadi.

2016 yilda Hemister, Yangi Zelandiyadagi maxsus lagerga borib, tirik qolish kursi, jismoniy tayyorgarlik, krossfit darslariga qatnashdi, chang‘i uchishni o‘rgandi

«Men yoshim yetishini bilganimdanoq, 12 yoshligimdan tayyorgarlikni boshlab yuborganman», — degan Hemister.

2014 yilning yanvarida bristollik Lyuis Klark Antarktidaning «Amundsen — Skott» stansiyasigacha borib, janubiy qutb bo‘ylab 48 kun davom etgan sayohatini poyoniga yetkazgan edi. 16 yoshli Klark Antarktidani zabt etgan eng yosh sayohatchi deya e'tirof etilgandi.

Top