16:15 / 30.03.2016
1846

Ellikqal'a tumanida deputat o‘z saylovchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan deputat Zumrad Bekatova saylovchilar bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Ellikqal'a tumani san'at va pedagogika kasb-hunar kolleji, tuman tibbiyot birlashmasi, “Ellikqal'a oltin tolasi” aksiyadorlik jamiyati kabi tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan uchrashuvlarda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati, dastur ijrosi bo‘yicha belgilangan vazifalar xususida atroflicha fikr yuritildi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning ahamiyati, deputatlik faoliyati, mamlakatimizda ta'lim, sog‘liqni saqlash sohalari hamda yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar samaralari haqida ma'lumot berildi.

Deputat ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Top