17:54 / 02.04.2016
13102

"Toshshahartransxizmat" oylik yo‘l chiptalarining yangi narxlarini ma'lum qildi

Toshkent shahrida 1 apreldan shahar jamoat transportida yurish huquqini beruvchi oylik yo‘l chiptalari narxi oshdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan avtobus, tramvay, metrolarda yo‘lkira 1 000 so‘mdan 1 200 so‘mga qimmatladi.

Shuningdek, oylik yo‘l chiptalariga ham yangi narxlar belgilandi: 
A - seriyasidagi umumiy oylik yo‘l chiptasi - 120 000 so‘m;
AV - seriyasidagi oylik yo‘l chiptasi - 96 000 so‘m;
O'- seriyasidagi o‘quvchilar uchun oylik yo‘l chiptasi - 60 000 so‘m;
T - seriyasidagi talabalar uchun oylik yo‘l chiptasi - 60 000 so‘m;
N - seriyasidagi nafaqadorlar uchun oylik yo‘l chiptasi - 60 000 so‘m bo‘ldi.

Yo‘nalishli taksi(marshrutka)larda oylik yo‘l chiptasi va guvohnomalar amal qilmaydi.

Top