11:38 / 03.04.2016
1522

Ibrohimovich Yevropaning beshta yetakchi ligasi futbolchilari orasida birinchi bo‘lib chempionatda 30 ta to‘p kiritdi

Parijning "PSJ" klubi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich Fransiya chempionatining 32-turida "Nitstsa"ga qarshi uchrashuvda o‘z hisobiga xet-trik yozib qo‘ydi. Uchrashuv 4:1 hisobi bilan parijliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Futbolchi uchrashuvda Fransiyaning joriy chempionatidagi 30-to‘pini kiritdi va shu tariqa Yevropaning beshta yetakchi ligasida (Angliya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya chempionatlari) to‘p suruvchi futbolchilar orasida joriy mavsumda birinchi bo‘lib bu ko‘rsatkichga erishdi.

Chempionat tugashiga 6 tur qolganda Ibra bir mavsum davomida Liga 1 da urgan to‘plari miqdori bo‘yicha o‘zining shaxsiy rekordini takrorladi. Biroq Ibrohimovichda bu rekordni yangilashga hali imkon bor: u 2012/13 yillardagi mavsumda raqiblar darvozalarini 30 marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Top