21:07 / 05.04.2016
1807

"O‘zbekneftgaz" va Janubiy Koreyaning GS kompaniyasi 4,5 mlrd dollarlik zavod loyihasini tayyorlashmoqda

O‘zbekistonning "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi va Janubiy Koreyaning GS Engineering & Construction Corporation kompaniyasi yil oxirigacha Buxoro viloyatida polimer ishlab chiqaruvchi, 4,5 mlrd dollarlik zavodni qurish loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlaydi, deb xabar bermoqda xolding vakili.

Vakilning aytishicha, bugungi kunda dunyoda energiya tashuvchilarga narxlarning pastligiga qaramasdan, Janubiy Koreya kompaniyasi loyiha ishtirokchisi bo‘lib qolmoqda.

"Bu o‘ziga xos kelajakka zaxira bo‘ladi, narxlar ko‘tarilib, loyiha o‘zining rentabelligini oshiradi", deb aytdi manba.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yaratilayotgan zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 250 ming tonna polietilen, 500 ming tonna polipropilen, 100 ming tonna polistirol, 30 ming tonna kauchuk va spandeksni tashkil qiladi. Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni tashkil qiladi. Loyiha xalqaro banklar (50 foiz) va O‘zbekiston mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

Top