14:35 / 06.04.2016
1618

Daniel Karvaxal: «Volfsburg» yuqori pressing qo‘llaydi. Bizga oson bo‘lmasligi aniq»

«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal «Volfsburg»ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men Volfsburgda o‘tkazgan 2ta o‘yinimni eslayman. Bu o‘yinlar Germaniya Kubogi doirasida bo‘lib o‘tgandi. Ikki safar ham mening jamoam («Bayyer» - tahririyat) yutqazgan. «Volfsburg» maydonida o‘ynash qiyin. Bu jamoa yuqori pressingdan foydalanadi. Men aniq aytishim mumkinki, bu o‘yinda bizga oson bo‘lmaydi.

«Real» g‘alaba qozonish uchun keldi. Biz hali Madridda kechadigan javob uchrashuvida nima bo‘lishini ayta olmaymiz. Shuning uchun, birinchi o‘yinni kerakli darajada kuch bilan boshlab, bosim orqali gol urishimiz kerak bo‘ladi. Safardagi gollar o‘z maqsadimizga erishishda katta ustunlik beradi.

Shu bilan birgalikda himoyada yaxshi o‘ynab, gol qo‘yib yubormasligimiz talab etiladi. Bu ishni o‘tgan bosqichdv «Roma»ga qarshi o‘yinlarda uddaladik. Biz faqat «Shaxtyor»dan gol o‘tkazib yuborgandik, o‘shanda 20 daqiqa davomida o‘yinimiz qovushmagandi. YeChLning pley-off o‘yinida gol o‘tkazmasang, bir oyog‘ing bilan keyingi bosqichda bo‘ladi deyish mumkin», – deydi futbolchi.

Top