10:05 / 07.04.2016
1499

Ibrahimovich YeChLdagi gollari soni bo‘yicha Shevchenkoga tenglashib oldi

«PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich YeChLning chorak finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan uchrashuvning 41 daqiqasida gol urdi.

Bu gol shvetsiyalik bu hujumchi uchun YeChL o‘yinlaridagi 48-gol bo‘ldi va u bu borada ukrainalik sobiq futbolchi Andrey Shevchenkoga yetib oldi. Endilikda bu futbolchilar YeChL tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 6-7 o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi.

Top