15:04 / 12.04.2016
1745

Samarqandda jamoat transportlari uchun to‘lov jyetonlar orqali amalga oshirilishi joriy etiladi

2016 yilning 1 mayidan boshlab Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportidan foydalanishda yo‘lkira haqi naqd pulsiz, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jyetonlar vositasida amalga oshirilishi joriy etiladi.

Samarqand viloyati hokimining "Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportida yurish yo‘lkira haqini naqd pulsiz, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jyetonlar vositasida amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e'lon qilingan.

Qarorga binoan, 1 maydan boshlab Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportida yurish yo‘lkira haqi naqd pulsiz, plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jyetonlar vositasida amalga oshiriladi. Shaharda yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportida yurish yo‘lkira haqini plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan maxsus jyetonlar vositasida tashkil etish, uning harakatini nazoratga olish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomani ishlab chiqish va rasmiylashtirish lozim.

Hujjat loyihasida ta'kidlanishicha, ushbu qaror aholiga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

Shaharda jyetonlar sotiladigan maxsus nuqtalar tashkil etiladi.

Top