15:33 / 14.04.2016
1645

Drogba Daily Mail bilan tuhmat uchun sudlashmoqchi

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi, ayni vaqtda «Monreal Impekt» jamoasi a'zosi hisoblanadigan Dide Drogba Angliyadagi Daily Mail gazetasini sudga bermoqchi.

Bu nashr Drogba tomonidan ochilgan xayriya fondi faoliyati bo‘yicha jurnalistik tekshiruv o‘tkazgandi.

38 yoshli futbolchi Kot-d′Ivuarda bolalar shifoxonasi qurish hamda mamlakatdagi muhtojlar ta'limi uchun yordam berish maqsadida xayriya mablag‘lari yiqqandi.

Daily Mail ma'lumotlariga ko‘ra, yig‘ilgan 14 mln funt mablag‘dan faqat 1,7 million funti xayriya maqsadlari uchun sarflangan.

Drogbaning fondi dunyo sporti va shou-biznes vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xususan, musiqachi Bono, «Chelsi»ning sobiq futbolchisi Frenk Lempard, uning rafiqasi, teleboshlovchi Kristin Blikli, Pele, Jon Terri, Rodjyer Federer va Roman Abramovich.

Drogba o‘zining instagramdagi sahifasida Daily Mail gazetasini sudga bermoqchiligini aytgan.

U o‘z xabarida bu nashr «afrikalik minglab bolalarning hayotini xavf ostida qoldirgani» haqida qo‘shimcha qilgan.

Top