01:38 / 14.04.2016
1962

YeChL. "Atletiko" javob uchrashuvida "Barselona"ni yengib yarim finalga chiqdi

Madridning "Atletiko" jamoasi Yevropa chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida "Barselona" futbolchilarini o‘z maydonida qabul qildi.

Birinchi bo‘limda Saul oshirib bergan to‘pni Grizmann boshi bilan "Barselona" darvozasini ishg‘ol kilib  "Atletiko"ni oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 87-daqiqasiga kelib "Atletiko" jamoasi penalti ishlab oldi. "Barselona"  darvozaboni ter Stegen qanchalik harakat qilmasin Grizmann bergan zarbasini qaytara olmadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Atletiko"  Yevropa chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

YeChL. Chorak final. Javob uchrashuvi.

"Atletiko" – "Barselona" 2:0 (Birinchi o‘yin - 1:2)
Gollar: Grizmann 36, 87.
Ogohlantirish: Gabi 68,  Suarez 70, Neymar 74, Godin 85, Inesta 87, Korrera 90, Koke 90.

"Atletiko" - Oblak, Godin, Luis Felipe, Koke, Grizmann (Korrera 90), Augusto Fernandez (Savich 90+3), Gabi, Saul, Lukas Ernandez, Xuanfran, Karrasko (Parti 73).

"Barselona"- ter Stegen, Pike, Rakitich (Turan 64), Buskets, Dani Alvesh (Serxi Roberto 65), Inesta, Suarez, Messi, Neymar, Maskerano, Alba.

Top