11:41 / 14.04.2016
1798

O‘zbekiston va Tojikiston Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

13 aprel kuni Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Tojikiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Abdurahim Qaxxarov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuv mobaynida ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi, qator mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida ShHTga a'zo davlatlarning yangi tahdid va xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi hamda bo‘lajak ShHTga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari Toshkent sammitiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

Top