11:05 / 17.04.2016
3750

O‘zMUda chet el universitetlari o‘quv dasturlari qo‘llanilmoqda

Yangilik yaratish va unga erishish juda ko‘p izlanish va ishlashni talab qiladi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinovning 10 yillik istiqbolli taraqqiyot dasturida “dunyodagi eng rivojlangan davlatlardagi oliy ta'lim muassasalar qatoridan o‘rin egallashi uchun ularning o‘quv dasturlari va ma'ruza matnlarini o‘rganib, andoza olish”ga qaratilgan rejalar ham belgilangan edi.

Bu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida barcha pedagog-xodimlar o‘z vazifalariga ulkan mas'uliyat bilan yondashmoqdalar.

O‘zMU Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, ayni paytda universitet pedagog-xodimlari andoza sifatida tanlangan shunday o‘quv dasturlari va ma'ruza matnlari ustida tinmay izlanmoqdalar.

Ayni paytda O‘zMU huzuridagi Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazida ishlar rosa qizg‘in. Universitet pedagog-xodimlari tayyorlashgan jahon andolariga mos o‘quv dasturlari va ma'ruza matnlarini topshirmoqdalar.

Ularni O‘zMU O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Fayzulla Agzamov va O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i Zafarjon Jabborovlar sinchkovlik bilan o‘rgangan holda qabul qilmoqdalar.

Galdagi vazifa – o‘quv jarayoniga ushbu yangi dasturlar joriy etiladi!

Umid bilan suqulgan tayoq, bir kun meva-yu yaproq, deganlaridek, O‘zMU talabalari ham dunyodagi eng rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bir xilda tahsil olishda davom etadilar va shu tariqa ular bilan bo‘ylashib boraveradilar!

Shu tariqa xorij universitetlari bilan talabalar almashinuvi amalga oshiriladi. Aytaylik, yevropalik talabalar O‘zbekiston Milliy universitetida jahon andozalariga mos o‘quv jarayonlaridan bahramand bo‘lsalar, o‘zbek yigit-qizlari chet el universitetlarida xuddi shunday ta'lim olishni emin-erkin davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar!

Top