11:58 / 17.04.2016
2651

Taekvondo (WTF). Nikita Rafalovich "Rio-2016" o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

16 aprel kuni Filippin poytaxti Manila shahrida Taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun Osiyo saralash turniri boshlandi. 

Ma'lum qilinishicha, vazni 80 kg.gacha bo‘lgan sportchilar musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich finalga qadar kechgan barcha raqiblarini mag‘lub etgan va XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa, “Rio-2016” o‘yinlariga o‘zbekistonliklar tomonidan qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 61taga yetdi. Shundan 25tasi paralimpiyachilarga tegishli.

Top