10:55 / 19.04.2016
2137

Telegram Pavel Durovning 1 mln dollarlik tanlovi haqida e'lon qildi

Telegram messenjeri blogida, uning asoschisi Pavel Durov tomonidan soha mutaxassislari o‘rtasida 1 mln dollarlik tanlov e'lon qildi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchi Telegram uchun eng noodatiy, ko‘p funksiyali botlarni yaratishi kerak bo‘ladi. Ularni 25 ming dollardan iborat bir necha grantlar kutmoqda. Qo‘shimchasiga, tanlov ishtirokchisi kompaniya uchun hech qanday majburiyatga ega bo‘lmaydi.

Shuningdek, shartlardan biri sifatida botlar boshqa platformalarga ko‘chirish imkoniyati bo‘lsada, Telegram bazasida yaratilishi kerak. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar blogda ko‘rsatilgan shartlar asosida ariza berishlari kerak bo‘ladi.

Top