21:45 / 20.04.2016
1928

O‘zbekistonda YeI ishtirokida ijtimoiy ko‘mak markazi tashkil etiladi

Toshkentda 20 aprelda "Uyga, to‘laqonli hayotga qaytish" loyihasi doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markaz Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi, deb ma'lum qildi YeIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. Bu haqda Sputnik nashri xabar berdi.

"2 yildan ko‘proq davom etadigan loyiha Toshkent shahri va viloyatida yashovchi jazoni o‘tash joylaridan ozod etilgan, giyohvandlikka ruju qo‘ygan, OIV (odam immunovirusi) bilan yashovchi, sil va boshqa kasallarga uchragan 1,5 ming nafar erkak va ayollar va boshqalarni qamrab oladi", deyildi YeI vakolatxonasida.

Loyihani Germaniyaning xalq institutlari nemis uyushmasi (DVV International) amalga oshiradi. Markazda 8 kishi faoliyat yuritadi, uning faoliyatida shuningdek turli jamoatchilik tashkilotlaridan 220 nafar vakil ishtirok etadi.

Markazning vazifalariga yo‘qotilgan ijtimoiy foydali aloqalarni tiklash, ishga joylashtirish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga barqaror fikrni shakllantirishga ko‘mak berish kiradi.

Top