10:07 / 21.04.2016
1816

Fransiya Kubogi finalida «Marsel» «PSJ» bilan o‘ynaydi

20 aprel kuni «Marsel» mamlakat kubogi doirasida «Sosho»ga qarshi yarim finali uchrashuvini o‘tkazdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 49-daqiqasida Florian Toven tomonidan urilgan gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Endilikda, 21 may kuni o‘tkaziladigan Fransiya Kubogi finali o‘yinida «Marsel» «PSJ» jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. «PSJ» o‘tgan mavsumda bu sovrinni qo‘lga kiritgandi. Parijliklar jamoasi shu vaqtgacha 9 marta Kubok finalida g‘alaba qilgan. Bu borada «Marsel»ning ko‘rsatkichi ko‘proq - 10 titul.

Fransiya Kubogi
Yarim final o‘yini
20 aprel, chorshanba

Sosho – Marsel 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 49 Toven.
Sosho – Verner, Jibo, Ongene, Fossure, Marten (Berenger, 62), Fyush, Tarde, Ramare, Sao (Mbombo-Lokva, 61), Toko-Ekambi, Sisse (Kaseres, 75).
Marsel – Mandanda, Rekik (Barrada, 61), Mankilo, Mendi, Rolandu, Romao, Diabi, Toven, Nkudu (Sarr, 46), Fletcher (Kabella, 76), Batshuayi.
Ogohlantirishlar: Sao (14), Mendi (43), Rolandu (46), Barrada (65), Tarde (85).

Ibrahimovichning goli «PSJ»ni Fransiya Kubogi finaliga olib chiqdi

Top