20:51 / 25.04.2016
1564

Oliy liga, 6-tur. «Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg»ni mag‘lub etdi

25 aprel kuni o‘tkazilgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 6-turi doirasidagi so‘nggi uchrashuvda «Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg»ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvda dastlab hisob 53-daqiqada Igor Sergeyev tomonidan ochildi. Bekobodliklar futbolchisi Zoxid Abdullayev 72-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ammo Rustam Mirsodiqov shogirdlari ushbu durang natijani ushlab qola olmadi, Sherzod Karimov 80-daqiqada chiroyli gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

6-turga qadar «Metallurg» 12 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lib, 24 aprel holatiga ko‘ra turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turgandi. 6-turdan keyin «Paxtakor» ham ochkolari sonini 12taga yetkazdi va bekobodliklardan 5-o‘rinni tortib oldi.

Oliy liga, 6-tur

«Paxtakor» — «Metallurg» 2:1
Gol: Sergeyev (53) Karimov (80) - Zoxid Abdullayev (72)
«Paxtakor»: Jo‘rayev, Tojiyev, Hoshimov, Boltaboyev, Oraxovats, Ahmedov, Sohibov, Kozak, Karimov, Tolipov, Sergeyev
«Metallurg»: Sultonov, Karimov, Odilov, No‘'monov, Hoshimov, Karimqulov, Abdullayev, Toshmatov, Abdumo‘minov, Sulaymonov, Abdujabborov.
Ogohlantirishlar: Tojiyev 22, Karimov 39, Abdujabborov 40, Sulaymonov 56, Karimov 66, Ahmedov 75, Norbekov 86? Odilov 90+1

Top