17:58 / 26.04.2016
1650

KXShT: Afg‘onistondagi IShID jangarilari soni 10 ming nafarga yetgan

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bosh kotibi Nikolay Bordyuj Afg‘oniston hududidagi IShID jangarilari soni oshgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, mamlakatda jangarilar soni 10 ming nafarga yetgan.

"Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda ularning soni 10 ming nafar atrofida. Holbuki, bir yil oldin bu ko‘rsatkich bir necha yuz kishi edi. Bu hududdagi jangarilar soni ortishiga sabab, bu yerga Suriya va Iroqdan jangarilar kelmoqda. Bu biz uchun juda katta xavf tug‘diradi", degan u.

Bundan oldinroq, AQSh tomoni Suriya va Iroq hududida IShID jangarilari soni keyingi vaqtlarda ancha kamaygani haqida ma'lum qilgandi.

Top