11:01 / 27.04.2016
1690

Tramp: Agar Klinton erkak bo‘lganida 5 foiz ham ovoz ololmasdi

AQSh prezidentligi uchun saylovlarda Respublikachilar nomida ishtirok etayotgan Donald Tramp o‘zining demokrat raqibi Hillari Klintonga "hujum" qildi.

Uning aytishicha, Klinton xonim ayolligi tufayli imtiyozga ega bo‘lmoqda va u hozirgi salohiyati bilan erkak nomzod bo‘lganida saylovchilarning 5 foizi ishonchini ham qozona olmas edi.

"Men o‘ylaymanki, agar Klinton erkak kishi bo‘lganida u 5 foiz ham ovoz ololmasdi. Uning ustunligi - ayollarga imtiyozlar yaratish haqidagi va'dalari evaziga bo‘lmoqda.

Tramp va Klinton prezidentlik poygasida o‘z partiyalaridan oxirgi bosqichga o‘tish uchun asosiy davogarlar bo‘lib turishibdi.

Tramp beshta shtatda respublikachilar o‘rtasidagi praymeriz g‘olibi deb e'lon qilindi. Klinton esa Rod-Aylendda Berni Sandersdan ortda qolib, Delaver, Pensilvaniya, Merilend va  Konnektikut shtatlarida g‘alaba qozondi.

Top