10:52 / 28.04.2016
1865

OAV: Rossiya Suriya masalasini hal qilishni istayotgan yagona davlat

Rossiya Suriya bo‘yicha muzokaralarda yetakchi o‘rin tutish barobarida, boshqa mamlakatlar sukut saqlayotgan bir vaqtda urush va tinchlik masalalarini hal qilmoqda, deb yozmoqda La Libération gazetasi.

«Rossiya qanday o‘yin o‘ynamasin», u "Suriya masalasi bilan jiddiy shug‘ullanayotgan yagona davlatdir", deb fikr yuritadi gazeta. AQSh «bir-biriga zid bayonotlar»ini ko‘paytirayotgan bo‘lsa, uning yetakchisi Barak Obama «shunchaki kuzatuvchi» bo‘lib turibdi.
Gazetaning yozishicha, G‘arbning Suriya masalasida sukut saqlashi muzokaralarning boshi berk ko‘chaga kirib qolishiga olib kelishi mumkin. Hatto, BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning manfaatdor tomonlar tashqi ishlar vazirlarining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga ham hech kim e'tibor bermadi.

Tahlilchilarning fikricha, muzokaralar jarayoni cho‘zilishi mumkin. Chunki Suriyada sulh bitimi buzilgan, gumanitar yordamlar kechikmoqda. Balki ayni shu narsa tomonlarning shoshilishiga sabab bo‘lar. De Mistura, o‘z navbatida, muzokaralar yakunlanishi va yangisining muddatini e'lon qilishi kerak, deb yozadi gazeta.

Bundan avval, de Mistura Rossiya va AQSh prezidentlarini Suriyadagi vaziyatni biryoqli qilishga chaqirgan edi.

Top