12:40 / 02.05.2016
80419

Hindistonda o‘smir yigit selfiga tushish chog‘ida o‘zini o‘ldirib qo‘ydi

Hindistonning Ludhiana shahrida o‘smir yigit selfi suratga olayotganda bexosdan o‘zini chakkasidan otib qo‘ydi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi

16 yoshli Ramandip Singh singlisi bilan birga suratga tushishgan. Ular selfiga otasining pistoleti bilan birga tushgandi. 

O‘smir pistoletni chakkasiga olib borgan va adashib ketib, kamera tugmasi o‘rniga pistolet tepkisini bosib yuborgan. 

Baxtsiz voqea paytida bolalar uyda yolg‘iz bo‘lgan. Qo‘shnilar o‘q ovozini eshitgan zahoti tez yordam guruhini chaqirishgan. Ramandipni mahalliy kasalxonaga olib borilgan, biroq uning jonini asrab qolishning imkoni bo‘lmagan. 

Hindiston selfi tufayli nobud bo‘lganlar va jarohat olganlar soni bo‘yicha eng oldingi o‘rinlarni egallaydi. Shu tufayli mamlakatning qator joylarida selfi olish taqiqlangan.

Mavzuga oid
Top