08:54 / 06.05.2016
5448

Yevropa ligasi. «Liverpul» va «Sevilya» finalga chiqdi

Yevropa ligasining bosh sovrini uchun kurashadigan jamoalar nomi aniq bo‘ldi. 5 may oqshomida turnirnir yarim final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Yurgen Klopp shogirdlari finalda ikki ispan jamoasining to‘qnash kelishiga yo‘l qo‘ymadi. Mersisaydliklar o‘z uylarida «Vilyarreal»ga qarshi juda kuchli o‘yin namoyish qilishdi va katta ustunlik bilan g‘alaba qozonishdi. Ispan klubi o‘z uyida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, javob bahsida o‘z darvozasidan javobsiz 3ta to‘p olib chiqdi. 

«Shaxtyor» esa «Sevilya» maydonidagi uchrashuvda mag‘lubiyatini tan oldi. Yevropa ligasining so‘nggi 2 mavsumi g‘olibi donetskliklarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Dastlabki o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangandi. 

18 may kuni Bazel shahrida o‘tadigan finalda Ispaniyaning «Sevilya» va Angliyaning «Liverpul» jamoalari maydonga chiqadi.

Yevropa ligasi, yarim final, javob o‘yinlari
Liverpul (Angliya) – Vilyarreal (Ispaniya) 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 7, avtogol Soriano, 2:0 – 63 Starrij, 3:0 – 81 Lallana. 
Liverpul – Minole, Ture, Moreno, Klayn, Lovren, Koutino (Allen, 83), Jan, Lallana, Milner, Firmino, Starrij.
Vilyarreal – Areolya, Musakko, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Dos Santos (Bonera, 73), Pina (Trigeros, 60), Soriano, Suares, Soldado (Adrian, 69), Bakambu.
Ogohlantirishlar: Ruis (30), Klayn (35), Soldado (40).
Chetlatish: Ruis (71).
Birinchi o‘yin: 0:1

Sevilya (Ispaniya) – Shaxtyor (Ukraina) 3:1 (1:1)
Gollar: 1:0 – 9 Gameyro, 1:1 – 44 Eduardo, 2:1 – 47 Gameyro, 3:1 – 59 Mariano. 
Sevilya – Soriya, Koke, Rami, Tremulinas (Eskudero, 74), Karrisu, Banega (Kristoforo, 89), Nzonzi, Vitolo, Krixovyak, Mariano, Gameyro (Iborra, 82).
Shaxtyor – Pyatov, Kucher, Ismaili, Srna, Rakitskiy, Marlos (Vellington Nem, 84), Malyshev, Kovalenko, Stepanenko, Tayson (Bernard, 76), Eduardo (Dentino, 84).
Ogohlantirishlar: Marlos (11), Rakitskiy (14), Kucher (20), Banega (30), Srna (49), Eduardo (61), Stepanenko (76), Vitolo (87), Ismaili (90).
Birinchi o‘yin: 2:2

Top