07:51 / 19.05.2016
7248

GM 130 ming mashina egalariga yonilg‘i narxidagi farqni qaytarib bermoqchi

AQShning General Motors avtomobilsozlik kompaniyasi 130 mingta yo‘ltanlamas mashinalari egalariga tovon puli to‘lab berish bo‘yicha rejalarini ma'lum qilmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.      

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, GM mijozlarga markirovkada yonilg‘ini sarflash bo‘yicha kamaytirib ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar va haqiqatda sarflangan yonilg‘i orasidagi farqni to‘lab bermoqchi.

Avvalroq ma'lum bo‘lishicha, Deytroyda joylashgan kompaniya 2016 yilda ishlab chiqarilgan 60 ming yo‘ltanlamasni haqiqatda sarflangan yonilg‘i markirovkada ko‘rsatilgan yonilg‘i sarfi bilan mos kelmasligi sababli sotishni to‘xtatishini aytgan.   

Top