06:25 / 20.05.2016
4911

FIFA hakami Aziz Asimov Tailanddagi «Qirol Kubogi» musobaqasiga taklif oldi

O‘zbekistonlik FIFA referisi Aziz Asimov har yili an'anaviy tarzda Tailandda o‘tkaziladigan "Qirol Kubogi" (King’s Cup) turniri uchrashuvlarini boshqarib borish uchun taklif oldi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi.

Mazkur turnirda Asimovga o‘zbekistonlik FIFA laynsmeni Alisher Usmonov yordam beradi. Bu yilgi musobaqada, o‘zbekistonlik ikki nafar referidan tashqari, Malayziya, Singapur, Qatar shuningdek, Myanma davlatlaridan ham bir necha nafar referilar ishlaydilar.

Ma'lumot o‘rnida, bu yilgi Qirol Kubogi bahslari 3-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Ta'kidlash joiz, mazkur turnirda mezbon – Tailanddan tashqari, BAA, Iordaniya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 3-saralash bosqichidagi raqibi Suriya terma jamoalari ishtirok etishadi.

Top