Jahon | 18:57 / 25.05.2016
6010
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston prezidenti tolibonlarga qurollarni tashlab taslim bo‘lishni taklif qildi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzoy tolibonlarga qurollarni tashlab tinch hayotga qaytish taklifini berdi.

"Tolibon" harakati a'zolarida zo‘ravonliklarni bas qilib, qurollarini tashlab, taslim bo‘lgan holda tinch hayotga qaytish imkoniyati bor", deb yozgan prezident o‘z tvitterida.

"Tolibon" jangarilari bugun o‘zlarining yangi yetakchilari nomini ma'lum qildi. 21 may kuni AQSh harbiylari tomonidan Pokiston hududida o‘ldirilgan mulla Mansur ishini endi uning o‘rinbosari Haybatulla Oxunzoda davom ettiradi.