20:51 / 26.05.2016
8066

Ibrahimovich: Men o‘z tanlovimni amalga oshirib bo‘ldim

Mavsum yakunida «PSJ»ni tark etib, erkin agentga aylanadigan shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich o‘z kelajagi borasida tanlovni amalga oshirib bo‘lganini bildirdi.

«Menda Angliya, Italiya va boshqa mamlakatlardan aniq takliflar bor. Kelajagimga aniqlik kiritilgan, men bir qarorga keldim. Knopkani bossam kifoya, barchasi hal bo‘ladi. 

Joze Mourino? «Inter»dan ketgan kunimdan boshlab u bilan birga ishlashni sog‘ina boshlaganman. Bu  «Manchester Yunayted» uchun to‘g‘ri tanlov. Oldinga intilishni istasangiz, Mourinoni taklif qilish kerak. Joze qayerda ishlamasin u doim o‘sha yerda muvaffaqiyatga erishadi», —  dedi Ibrahimovich.

Top