16:31 / 03.06.2016
4508

Afg‘oniston O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

2016 yilning 3 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobuddin Temuriyni qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga doir masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Afg‘oniston mazkur tashkilotda kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etadi.

Top