23:26 / 04.06.2016
5113

Ispaniyalik Mugurusa "Rolan Garros" g‘olibi bo‘ldi

Ayollar o‘rtasida dunyonining birinchi raketkasi Serena Uilyams Fransiya Ochiq chempionati – "Rolan Garros"da ispaniyalik tennischi Garbine Mugurusaga yutqazdi. Mugurusa ikki setda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mugurusa hozirda dunyoning 4-raketkasi bo‘lib, "Katta dubulg‘a" seriyasiga kiruvchi musobaqani birinchi marotaba yutdi. Uilyams esa 3 marta bu nufuzli musobaqa g‘olibi bo‘lgan. 

Bir yil avvalgi Uimbldon musobaqasi finalida ham shu juftlik bellashgandi. O‘shanda amerikalik tennischi g‘olib bo‘lgandi.

Top