16:17 / 04.06.2016
5617

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va XKUK o‘rtasida Memorandum imzolandi

Xalqaro mehnat Konferentsiyasining Jyenevada bo‘lib o‘tayotgan 105-sessiyasi doirasida Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK) Bosh kotibi Sharon Barrouning O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari muhokama etildi. Ushbu maqsadlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi o‘rtasida bandlikka ko‘maklashish, mehnat muhofazasi, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalarni ko‘zda tutuvchi Memorandum imzolandi.

Top