08:25 / 08.06.2016
6524

O‘rtoqlik uchrashuvlari: Ispaniya Gruziyaga yutqazdi va boshqa natijalar

7 iyun oqshomida Ispaniya terma jamoasi Gruziya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib, sensatsion ravishda mag‘lubiyatga uchradi.

Xetafedagi «Koliseum Alfonso Peres» stadionida kechgan bahs taqdirini mehmonlar yarim himoyachisi Tornike Okriashvili 40-daqiqada urgan gol hal etdi.

Shu tariqa, gruziyaliklar Ispaniya terma jamoasining 11 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. Visente Del Boske shogirdlari keyingi 11 uchrashuvda 9 g‘alaba va 2 durang qayd etgandi.

Ispaniya – Gruziya 0:1 (0:1)
Gol: Okriashvili (40)
Ispaniya – De Xea, Ramos (San Xose, 46), Alba, Xuanfran (Belerin, 46), Pike, Alkantara (Koke, 46), Buskets (Pedro, 76), Vaskes (Silva, 61), Fabregas (Inesta, 46), Nolito, Aduris.
Gruziya – Revishvili (Kvashkvadze, 55), Amisulashvili, Navalovskiy (Kobaxidze, 84), Lobjanidze, Kverkveliya, Aburjaniya (Tsiskaridze, 78), Keniya, Kazaishvili (Kvilitaya, 72), Mchedlidze.
Ogohlantirishlar: Kverkveliya (61), San Xose (81).

Shu kuni Osiyo terma jamoalari ishtirokida yana 3ta o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Avvaliga Avstriyada yig‘in doirasida o‘zaro uchrashgan Kanada va O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinida amerikaliklarning qo‘li baland keldi - 2:1.

Xitoy o‘z maydonida Qozog‘istondan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi, Eron esa Markaziy Osiyo vakili Qirg‘izistonni yirik hisobda taslim etdi - 6:0.

O‘zbekiston – Kanada 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Edgar, 1:1 – 62 Shomurodov, 1:2 – 81, Komilov (avtogol).
O‘zbekiston – Lobanov, Krimets (Azamov, 46), Hoshimov (Muhammadiyev, 60), Komilov, To‘xtaxo‘jayev, Sohibov, Jyeparov (Hasanov, 77), Shukurov, Geynrix (Hamdamov, 69), Shomurodov (Qutiboyev, 84), Sergeyev.
Kanada – Stamatopulos, Edgar (Jyekson, 81), Uimet, Yakovich, Jyeyms (Vitoriya, 14), Arfild, Pet, Xoylett (Petrasso, 81), Anri, Akindele (Haber, 60), Riketts (Hyum, 69).
Ogohlantirish: Sohibov (67).

Xitoy — Qozog‘iston 0:1 (0:0)
Gol: Nurgaliyev (69)
Xitoy: Van Daley, Jen Xan, Fen Syaotin, Chjan Linpen, Chjao Tszyan, U Si, Xao Tszyunmin, Ron Xao, U Ley, Li Syupen, Yan Syuy
Qozog‘iston: Loriya, Shomko, Logvinenko, Maliy, Axmetov, Smakov (Tagibergen 89), Bayjanov (Muxudinov 67), Konisbayev, Nuserbayev (Murtazayev 76), Mujikov (Dosmagambetov 90), Xijnichenko (Nurgaliyev 60)
Ogohlantirishlar: Jen Xan 44, Ron Xao 70 — Bayjanov 53, Logvinenko 61, Axmetov 74, Suyumbayev 90
Chetlatish: Axmetov 83

Eron – Qirg‘iziston 6:0 (3:0)
Gollar: M.Shojaiy (6 pen), Torimiy (25), To‘rabiy (29), Ansorifard (68, 90+1), Azmun (87)
Eron - Haqiqiy (Axboriy, 62), To‘rabiy (Jahonbaxsh, 64), Muhammadiy, Husayniy (Shojaiy, 62), Mohiniy, M.Shojaiy (Dejoga, 64), Purgaz, Izzatullohiy (Komyabiniya, 46), Toyyibiy, Torimiy (Azmun, 71), Ansorifard.
Qirg‘iziston – Matiash (Kashuba, 46), Rustamov (Alimov, 77), Sidorenko, Boymatov, Lyuks (Amirov, 66), Shokirov, Isroilov, Tago, Bernxardt (Shamshiyev, 68), Musabekov (Kayrat, 66), Zemlyanuxin (Duyshobekov, 46).
Ogohlantirishlar: Boymatov (46), Duyshobekov (48).

Top