11:57 / 19.06.2016
7334

"Futbol1" Amerika Kubogi reklamasi uchun Donald Trampning gaplaridan foydalanmoqda

AQShda Amerika kubogi bahslari davom etmoqda. Rossiyaning "Futbol1" telekanali musobaqa o‘yinlari reklamasida AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning so‘zlaridan foydalanmoqda.

Ushbu milliarder xorijliklarga, ayniqsa, janubiy amerikaliklarga mamlakatga kirish uchun cheklovlar qo‘yishni rejalashtirgani haqida bir necha marta bayonot bergan. Aynan mana shu mavzudagi ma'ruzada aytilgan gaplar reklama uchun ishlatilgan.

"...Ular mamlakatga yaxshi niyatda kelishmaydi. Ular qotillar".
Bu yerda samolyotdan tushib kelayotgan Janubiy Amerika terma jamoalari futbolchilari ko‘rsatilgan.

"...Ular bizning chegarani juda oson bosib o‘tishmoqda. Men bunga yo‘l qo‘ymayman".
Bu o‘rinda himoyachilardan qiyinchiliksiz o‘tib ketayotgan Lionel Messining harakatlari.

"...Men ularning yo‘liga devor o‘rnataman".
Bu "oltin so‘z" fonida raqibga podkat tashlayotgan himoyachi tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Kubogida yarim finalchilar nomi aniq bo‘ldi. Bosh sovrin uchun Argentina, Chili, AQSh va Kolumbiya terma jamoalari kurashni davom ettirishadi.

Manba: Tribuna.Uz

Top