21:24 / 25.06.2016
12001

Messi: “Neymar yoki Ronaldino? Hozir aytaman...”

24 iyun kuni Neymarning rasmiy sayti Lionel Messi bilan blits-intervyu o‘tkazdi, deb xabar bemoqda Tribuna.Uz sayti. Ushbu suhbat argentinalikning tug‘ilgan kuniga atab uyushtirilgan.

– Maradona yoki Messi?
– Maradona (kuladi).
– Jahon chempionligi yoki “Oltin to‘p”?
– Jahon chempionligi.
– Neymar yoki Ronaldino?
– Ooo! Bu juda qiyin savol. Men ikkala futbolchi bilan ham to‘p surganimdan xursandman. Ular faoliyatimdagi eng muhim hamkorlar bo‘lishgan. Ulardan aynan birini tanlay olmayman.
– Neymar Argentina termasida o‘ynay olgan bo‘larmidi?
– Uning uchun har qaysi jamoada joy topiladi. O‘zi istagan har qanday jamoada bemalol to‘p sura oladi.
Neymar doim menga fanatlik qilishini ta'kidlab keladi. Bu esa to‘g‘ri yuzga gapirilgani uchun meni biroz hijolatga soladi.
– Faoliyatingizdagi eng yaxshi gol?
– Men doim gapiraman – eng yaxshi gol eng chiroyli gol emas, aksincha eng muhim gol eng yaxshi goldir. Men uchun eng yaxshi gol 2009 yil Chempionlar Ligasi finalida “MYu” darvozasiga bosh bilan kiritgan golimdir.

Top