10:48 / 02.07.2016
13787

Xitoy shimolida ro‘y bergan avtotransport halokatida 26 kishi halok bo‘ldi

Xitoy shimolidagi Tyantszin shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusi bilan dahshatli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Shanghai Daily gazetasining yozishicha, avtobusning yo‘l chetidagi suv bilan to‘ldirib qo‘yilgan chuqurlikka tushib ketishi oqibatida 26 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, transport vositasining shinasi yorilib ketgani haydovchining boshqaruvni yo‘qotishiga sabab bo‘lgan. 

Halokat oqibatida faqatgina 4 kishi: nazoratchi, ikkinchi haydovchi va ikki yo‘lovchi tirik qolgan. 


 

Top