Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Jidda shahridagi bosh konsulligiga noma'lum kimsa hujum uyushtirdi
Saudiya Arabistoni podshohligining «iqtisodiy poytaxti» Jidda shahri mahalliy xavfsizlik kuchlari, AQShning bosh konsulligi binosi yonida portlovchi moslamani ishga tushirmoqchi bo‘lgan shaxsni otib o‘ldirdi, deb xabar qilmoqda Sky News Arabia.
Qayd etilishicha, qurollangan erkak Amerika konsulligining binosiga hujum qilmoqchi bo‘lgan. Shu sabab, xavfsizlik kuchlari o‘qotar quroldan foydalanishga majbur bo‘lishgan va jinoyatchini otib tashlashgan.
Ayni vaqtda, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Politsiya xodimlaridan jabrlanganlar bor-yo‘qligi hamda yetkazilgan talofatlar haqida xabarlar yo‘q.
Mavzuga oid
22:08
Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarda o‘zbekistonlik «model qiz» xatlari borligi ma’lum bo‘ldi
21:33
«Epshteyn ishi»ning 5 ta muhim oqibati: nega bu ish hali tinchimasligi haqida
19:02
O‘zbekiston va AQSh hukumatlari muhim foydali qazilmalar to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi
18:27